"Yuventus" himoyachisi Xuan Kabalning jarohati borasidagi xabarlar tasdiqlandi.
23 yoshli futbolchiga chap tizzasining oldingi xoch bo‘g‘imlari jarohati tashxisi qo‘yilgan. Kolumbiyalik futbolchi yaqin kunlarda operasiya qilinadi.
Bu haqda “keksa sinyora”ning rasmiy sayti xabar berdi.
Xuan Kabalning tiklanish davri e’lon qilinmagan, ammo himoyachi 2024/2025 yilgi mavsumda futbol maydonida ko‘rinmasligi aniq.