Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" Kroosning o‘rnini bosa oladigan futbolchini aniqladi

"Real" Kroosning o‘rnini bosa oladigan futbolchini aniqladi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi hamon jamoadan ketgan Toni Kroosning o‘rnini to‘ldirish yo‘lini qidirmoqda.

Yarim himoyachi o‘tgan mavsumdan so‘ng 34 yoshida faoliyatini yakunladi. ESPN xabariga ko‘ra, "Real Madrid" jamoada Kroos ilgari taqdim etgan ijodkorlik hozirda yetishmayapti, deb hisoblaydi. Shu munosabat bilan klub "Bayer" yarim himoyachisi Florian Virsning bo‘lajak transferi borasidagi ishlarni kuchaytirdi.

21 yoshli qimmatbaho nemis futbolchisini qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi, chunki Yevropa futbolining boshqa gigantlari ham unga da’vogarlik qilmoqda. Transfermarkt portali "dorishunoslar" yulduzining narxini 130 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:31, 14.11.2024.
O'qildi: 7419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик