Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres «Barselona»dan «Pari Sen-Jermen»ga amalga oshirilgan transferi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Futbolchining o‘tishi 15 avgust kuni rasman e’lon qilingan edi.
«PSJ» kabi ambisiyali klubda yangi sarguzashtni boshlayotganimdan juda xursandman. Menga ushbu jamoaga qo‘shilish imkoniyatini berishgani uchun klub prezidenti Nasser Al-Xelayfi, Luish Kampush va bosh murabbiy Luis Enrikega minnatdorchilik bildirmoqchiman. Umid qilamanki, jamoaga kolganicha ko‘proq trofeylar yutishda yordam beraman», — dedi Torres «PSJ»ning rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Ferran Torres 2022 yilning yanvar oyidan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Ushbu davr mobaynida 26 yoshli hujumchi kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda 207 ta o‘yinda maydonga tushib, 65 ta gol urgan va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. OAV xabarlariga ko‘ra, parijliklar bu transfer uchun 50 million yevro to‘lashgan.













