Superliga 17-turdan o‘rin olgan "Qizilqum" – "Mash’al" (2:0) uchrashuvidan so‘ng "Mash’al" bosh murabbiyi Sergey Luchshan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida fikringiz?
- Doimgidek o‘yinga komentariya yo‘q. Raqibni haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoamizdagi muammolar hamon davom etmoqda. Xatolar ayniqsa himoyada o‘ynaganimizda ko‘rinyapti. O‘ylaymiz, vaziyatdan chiqish borasida bosh qotiramiz.
- Siz bilan qancha muddatga shartnoma imzolangan?
- Yil oxiriga qadar, to‘rt oylik.
- Bunday qisqa muddat shartnoma tuzgandan keyin sizdan yana talab qilish mumkin?
- Nima talab qilish kerak bo‘ladi?
- Jamoa shunday vaziyatda turibdiki...
- Jamoa qatorasiga 11 tur oxirgi o‘rinda turdi.
- Lekin siz kelgandan keyin uchqun paydo bo‘ldi.
- Yangi murabbiy kelsa odatda shunday bo‘ladi. Hayajon hammada yuqori bo‘ladi, boshida o‘yinlar zo‘r kechadi. Keyin nimadir qurishni boshlaysan va ish yana orqaga ketadi. Bizdagi eng katta muammo himoyada. Buning sababini bilmayman. Bundan yomon bo‘ladi deb o‘ylamayman. O‘tkazib yuborilgan gollarni o‘zimizga o‘zimiz olib kelyapmiz. Bu vaziyatda nima qilish kerak? O‘yinchilarni almashtirishmi? Ha, boshqa yo‘l ko‘rmayapman. Kim bilan tushib ketishimizning nima farqi bor? Shu jamoa bilanmi yo o‘rinbosarlar bilanmi? Jamoani yoshartiramiz. Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Keyingi tur 80 foizga tarkib o‘zgaradi.
- Aksar murabbiylar mag‘lubiyatga men aybdor deyishadi. Ya’ni bu o‘rinda futbolchilar hech nimaga javob bermaydimi?
- O‘yinlar turlicha bo‘ladi, qaysidir vaziyatda murabbiy aybdor bo‘ladi: taktika xato ketadi, o‘yinchilarni noto‘g‘ri almashtirasan. Bu kabi xatolarni hamma murabbiy qilishi mumkin. Bugun maydonga tushgan ko‘p o‘yinchilar bor kuchni berishdi. Agar sen skripka chalsang, kosmosga ucha olmaysan. Biz o‘yinni mayon chetida ko‘ramiz, futbolchilar maydonda o‘ynaydi. Matbuot anjumaniga futbolchilarni ham chaqirish kerak, ular ham izoh bersin, chunki futbolni ular o‘ynaydi. Ular ham izoh berishi kerak. Shartnoma tuzayotganimda aytgandim: 6ta tur jamoani o‘ynataman, keyin bir qarorga kelaman: yo tarkibni o‘zgartiramiz, yo shu tarkib bilan davom etamiz. Bu haqda rahbariyatga aytganman. Mana oltita tur o‘tdi va endi qaror chiqarish payti keldi.
- Yana bir savol: o‘tgan yil U-21 jamoasi bir kun keyin o‘ynardi, bu yil bir kun oldinga ko‘chdi. Bu haqda nima deya olasiz?
- Har bir tizimning o‘z plyus va minuslari bor. Bir kun keyin o‘ynaganda asosiy jamoada o‘ynmaganlar o‘rinbosarlarga borib u yerda tajriba olishardi. Bu tomondan yaxshi. Lekin ikkinchi tomondan bizning jamoani olaylik, olti oydan beri maosh yo‘q, hech kimning ishlagisi kelmayapti, hatto maydon sug‘orilmayapti, chunki ishchilarning ham ishlagisi kelmayapti. Bu biz uchun fojea.
Safar o‘yinlariga ham bir amallab boryapmiz. Menimcha, bu ketishda bir kun oldinmas, o‘yin kuni borib o‘ynab qaytamiz. Vaziyatni hammamiz tushunib turibmiz. Olti yoshimdan beri futboldaman. O‘zim ham futbol o‘ynaganman, 47 yildan beri futboldaman. Futbolni hammamiz sevamiz, lekin uyda bolalarni boqish kerak-ku. Shunday pallada kimning xayoli futbolda bo‘ladi? Terma jamoa Jahon chempionatiga chiqqanidan keyin futbolda "Bum" bo‘lishi kerak edi, lekin vaziyat boshqacha tus oldi. Nima uchun shundayligini bilmayman.













