"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku uchun kurash transfer bozorida qizishi mumkin.
Todofichajes portali xabariga ko‘ra, "Bavariya" va "Liverpul" Nkunkuni o‘z saflarida ko‘rmoqchi. Avvalroq, mish-mishlar forvardni "Manchester Yunayted" bilan bog‘lagan edi.
Manbaning qayd etishicha, «Chelsi» Nkunkuni sotishni istamayapti. Shu bilan birga, o‘yinchi kerakli miqdordagi o‘yin vaqtini olmaydi, bu uning holatiga ta’sir qilishi mumkin.