"Bayer"ning chexiyalik hujumchisi Patrik Shik qishki transfer oynasida Germaniyani Italiyaga almashtirishi mumkin. Bu haqda Gazzetta dello Sport jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, hujumchining transferidan Turinning "Yuventus" klubi manfaatdor. "Keksa sinyora" Shik nomzodini jarohat olgan serbiyalik Dushan Vlaxovichning o‘rinbosari sifatida ko‘rib chiqadi. Italyan grandi Patrikni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
Germaniya chempionatining joriy o‘yinida 28 yoshli hujumchi sakkizta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.