Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

APL tarixida qaysi klublar quyiga ko‘proq tushgan?

APL tarixida qaysi klublar quyiga ko‘proq tushgan?

Baho:
+ | -

Jahon futbolining eng ilg‘or ligasiga 1991 yili asos solinganini ko‘pchilik yaxshi biladi. APLning Angliya futbol assosiasiyasidan ajralib chiqishi TV-huquqlar daromadini quyi divizionlar bilan bo‘lisholmaslik masalasiga borib taqaladi. Endilikda topilgan mablag‘ deyarli to‘liq liga tasarrufida. Ma’lumot uchun, hozirda daromadning 50 foizi barcha ishtirokchi klublar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Qolgan qismi esa jamoalar natijasi va o‘yinlari translyasiyasi soniga qarab bo‘linadi (ikki yo‘lanishda ham 25 foizdan daromad taqsimlanadi). Aytish joiz, dastlabki 3 mavsumda APL 22ta jamoani o‘z ichiga olgan. Keyinchalik FIFA barcha milliy ligalar jamoalari sonini qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatma bergach, ishtirokchilar 20taga kamaytirildi (o‘sha mavsum 4ta klub quyi ligaga tushirib yuborilgan va 2ta yangi jamoa APLga qo‘shilgan).

APL tarixi: barcha «lift- jamoalar» (ligadan loaQal 1 marta tushib ketganlar)

5 marta: «Vest Bromvich», «Norvich»

4 marta: «Bernli», «Uotford», «Sanderlend»

3 marta: «Birmingem», «Bolton», «Midl­sbro», «Xall Siti», «Lester», «KPR», «Fulxem», «Sheffild Yunayted», 

2 marta: «Vest Xem», «Manchester Siti», «Nyukasl», «Charlton», «Kristall Pelas», «Blekbern», «Nottingem Forest», «Reding», «Kardiff Siti», «Lids», «Vulverxemton», «Sautgempton», «Derbi Kaunti»

1 marta: «Blekpul», «Ipsvich», «Uigan», «Barnsli», «Koventri», «Bornmut», «Uimbldon», «Suonsi», «Stok Siti», «Sheffild Uensdey», «Bredford», «Luton», «Portsmut», «Aston Villa», «Xaddersfild»

Joriy mavsum APLga «Lester», «Ipsvich» va «Sautgempton» klublari debyutant maqomida qo‘shildi (2tasi atigi 1 yillik tanaffusdan so‘ng qaytganini qo‘shimcha qilish o‘rinli). Xo‘sh, APL yo‘lga qo‘yilganidan buyon qaysi klublar ligalar aro ko‘proq «sayr» qilgan? Bu juda qiziq masala. Gap shundaki, APLdan tushib-qaytish futbol olamida moliyaviy tomondan eng zo‘r tryuklardan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, APLning yillik daromadi chamasi 3,5 milliard funt sterling­ga teng. Kelishuvga binoan, shundan taxminan 500 millioni Angliya futbol ligasi klublariga ajratiladi. Boz ustiga, APL endi yillik daromaddan 20 foizini Chempionshipga yo‘naltirishi mumkin. «Kristal Pelas» raisi Stiv Perish - bu boradagi shartnomani qayta ko‘rib chiqishda faol ishtirok etayotganlardan biri. U maxsus kengashda barchasini sodda tushuntirgandi: «APLdan tushib ketish aslida jahon futbolidagi eng katta moliyaviy tahdiddir. «Kristal Pelas» misolida aytsak, klubning aylanma mablag‘i 175 million funt sterlingni tashkil etadi. Chempionshipda esa birinchi mavsum chamasi 70 million funt sarflashga to‘g‘ri keladi. Binobarin, tushib ketishdan keyin futbolchilar maoshini darhol pasaytirishning iloji yo‘q. Keyingi mavsumlarda vaziyat yanada og‘irlashadi, 4-yili «parashyut to‘lovi» (APLdan tushib ketgan jamoalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi) tugagach, bu ko‘rsatkich 20 million funtga tushib qoladi».

Tabiiyki, klub daromadining qisqarishi maosh miqdori pasayishi va yetakchi futbolchilardan ayrilishga olib keladi. Oddiy misol, Kelechi Ixeanacho va Kirnan Dyuzberri-Xoll­ni yo‘qotgan «Lester» Bobbi Rid (31 yosh) va bir necha tanilmagan yigitlarni oldi. «Sautgempton» esa 1 yil oldin terma jamoa vakili Jeyms Uord-Prouzdan ayrildi, to‘g‘ri, keyinchalik iqtidorli Teylor Xarvud-Bellis bilan shartnoma tuzib, Adam Lallanani ortga qaytardi. «Ipsvich»ga kelsak, uzoq tanaffusdan keyin APLga ko‘tarilgan klub faqat 20-23 yoshli yigitlarni sotib oldi. Xo‘sh, bu holatda debyutant klublar elitada o‘z o‘rnini saqlab qoladimi? Xullas, APLga o‘rnashish oson emas. Axir yuqoridagi aksariyat jamoalar munosib darajada shakl­langan.

 Jahongir MIRZO tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 25.11.2024.
O'qildi: 1244 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.