«Real» fevral oyida «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yinda (1:1) Viniciusga nisbatan irqchilik qilgan o‘smir fanat uchun jazo e’lon qildi.
Muxlisga prokuratura tomonidan so‘ralgan voyaga yetmaganlar uchun o‘tkaziladigan ijtimoiy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish majburiyati yuklatildi. Shuningdek, unga bir yil davomida stadionga borish taqiqlangan. Jarima ham nazarda tutilgan - summa aytilmagan.
O‘smir, shuningdek, Vinisiusga uzr so‘rab xat yubordi.
Vini hozirda jarohatidan forig‘ bo‘lmoqda. U dunyodagi eng qimmat futbolchi (200 million yevro).