"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jamoadagi kadrlar holati haqida fikr bildirdi.
"Alisson hali o‘ynashga tayyor emas, lekin u tez orada tayyor bo‘ladi. Diogo Jota va Federiko Kyeza ham qaytishga yaqin. Qolgan jarohatlanganlarga biroz vaqt kerak", dedi Slot jurnalistlarga.
7 dekabr, shanba kuni “Liverpul” APL doirasida “Everton”ga qarshi derbida o‘ynaydi.