"Yuventus"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini qayerda davom ettirishi haqida qaror qabul qildi.
Yaqinda 31 yoshli futbolchi erkin agentga aylandi - Turin klubi fursatdan foydalanib, shartnomani bekor qildi.
RMC Sport xabariga ko‘ra, Pogba "Marsel"ga o‘tishga tayyor. Yarim himoyachining fikricha, bu harakat uning yaqin kelajakda Fransiya terma jamoasiga qaytishiga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, Pol Pogba muvaffaqiyatsiz doping testi uchun diskvalifikasiya qilinishda davom etmoqda.
Futbolchi ungacha yangi klub topib olsa, 2025 yilning mart oyida maydonga tushishi mumkin bo‘ladi.