Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Gvardiola: "Siti" g‘alabalar haqida gapira olmaydi"

Gvardiola: "Siti" g‘alabalar haqida gapira olmaydi"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola YECHL 6-turi doirasida "Yuventus"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi.

"Oxirgi yetti-sakkizta o‘yin natijasini hisobga olsak, g‘alabalar haqida ko‘plikda gapira olmaymiz. Avval bitta o‘yinda g‘alaba qozonib, keyin bor e’tiborimizni keyingisiga qaratishimiz kerak.

Biz yo‘l qo‘ygan xatolarimiz o‘zimiz kerak bo‘lgan darajada o‘ynamasligimiz oqibatidir. Asosiysi, oddiy o‘ynash. Bizning kuchimiz shundaki, biz to‘pga nisbatan juda sabrlimiz va to‘p yo‘q bo‘lganda uni qabul qilishga intilamiz.

"Yuventus" juda ko‘p bosim ostida o‘ynashga o‘rganib qolgan tarixiy jamoa va ular juda ko‘p yaxshi fazilatlarga ega. Tiago Mottaning qarashlari aniq. Uning jamoasi o‘yinda aql bovar qilmaydigan xilma-xillikka egadir", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Jamoalar o‘rtasidagi o‘yin bugun, 11 dekabr kuni Turinda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:21, 11.12.2024.
O'qildi: 710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик