Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Mark Kasado: «Ochig‘i, Xavi menga uncha ishonmagandi...»

Mark Kasado: «Ochig‘i, Xavi menga uncha ishonmagandi...»

Baho:
+1 | -

Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» klubining yangi umidi Mark Kasado yaqinda Catalunya Radio nashriga ixchamgina intervyu berdi.

Joriy mavsum kashfiyotlaridan biri suhbat jarayonida «blaugrana»ning sobiq bosh murabbiyi Xavi bilan uncha chiqisholmagani yuzasidan oshkora gapirdi, shuningdek, o‘ziga xos odatlari, boshqalardan ajralib turish xohishi haqida to‘xtaldi, yana klub afsonasi Serxio Busketsga qiyoslanayotganiga munosabat bildirdi.

Odatlari va xarakteri 

- Sovrinlarga o‘ch yigitman. Ishtiyoqim deylik, tennis yulduzi Rafael Nadalnikidek kuchlimi? Bilmadim. Faqat aytishim mumkinki, menda maqsad va intilish juda yuqori. Odatlarim ham o‘zgacha. Masalan, hamisha muayyan raqamli futbolkada o‘ynashni istayman. Jumladan, har kunlik liboslarimda ham 6-raqamni ifodalaydigan qandaydir belgi bo‘lishi kerak. Shuningdek, xoh uyda, xoh kiyinish xonasida bo‘lsin, oyoq kiyimimni sumkaga bir xil holatda joylayman. Qisqasi, har ishda tartibni birinchi o‘ringa qo‘yaman. Chunonchi, ko‘pchilik uncha e’tibor qaratmaydigan bu kabi mayda jihatlar ham ichki xotirjamlik bag‘ishlaydi.

Xavi bilan dialog...

- Agar murabbiy sizga ishonmasa, u bilan gaplashib, qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotganingiz, unga qaysi jihatda yoqmayotganingizni bilib olishingiz muhim. O‘tgan mavsum xuddi shunday qildim. Chunonchi, jamoamiz bir hafta ichida «Betis» va «Antverpen»ni yirik hisoblarda dog‘da qoldirdi, ammo murabbiy 2ta o‘yinda ham menga amaliyot taqdim etmadi. Shunda barchasini Xavi bilan alohida muhokama qilishga jazm etdim. Aniqroq aytsam, undan ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lish uchun qaysi jihatlarni yaxshilashim zarurligi haqida so‘ramoqchi edim. Biroq suhbatimiz yoqimsiz tus oldi, hozir Xavi aynan nima deganini keltirishni istamayman. Shundan so‘ng La Ligada mavsum oxirlab borayotgan vaqtdagina 3-4ta o‘yinda maydonga tushdim (2tasida atigi 13 daqiqa to‘p surgandi)... 

Alohida ustun tomonlari

O‘ylaymanki, universal futbolchilar toifasiga kiraman. «Barselona» tarkibida to‘p bilan mo‘’jiza ko‘rsatishga qodir ijrochilar yetarli. Menimcha, serqirralik bobida ulardan aslo qolishmayman. Ehtimol, o‘ziga yarasha ustun jihatlarim ham bordir. Umuman, jamoadoshlarimga hurmat saqlagan holda aytaman, «Barsa»da universallik bobida oldimga tushadigani topilmasa kerak.

Buskets bilan taqqoslanishi 

- Futbolni tushunish borasida Busketsga o‘xshashimni aytsam, nokamtarlik bo‘ladi. Lekin aynan uning izidan borishni xohlayman. Serxio hamisha barqaror o‘yin namoyish etish asnosida hurmat qozongan. Balki jismoniy ko‘rsatkichlarni olsak, o‘rtamizda katta farq bordir, muhimi, tayanch nuqtasida o‘ynashga zarur boshqa fazilatlar ham bor. Masalan - samarali uzatma qobiliyati. Boshida bu masalada ancha no‘noq edim, keyin uzatma qobiliyati birdan shakllandiki, o‘zim ham biroz hayron qoldim. Qisqasi, tajriba ortgani sayin sheriklarimga hujumda qulay imkoniyat yaratib berishga qodirligimni tushundim.

Asosiy jamoaga o‘tish...

- Ko‘pchilik nazdida futbolchi 21 yoshiga qadar asosiy jamoaga qo‘shilishi kerak. Chindan ham, shunday. Agar 20-21 yoshgacha kattalar safiga kirolmasangiz, unda muvaffaqiyatga erishishingiz ancha qiyinlashadi. Lekin alohida ta’kidlashim joiz, qadamma-qadam olg‘a intilish har doim ham shaxs, ham futbolchi sifatida rivojlanishingizga yordam beradi. Hozir elit saviyada to‘p surayotganim zamirida ham aynan kuchli intilish yotibdi, albatta.

 M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:49, 15.12.2024.
O'qildi: 912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.