Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

«Real»ning Qatarga parvozi uch soatga kechiktirildi

«Real»ning Qatarga parvozi uch soatga kechiktirildi

Baho:
+1 | -

«Real» samolyotdagi nosozlik tufayli Qit’alararo kubok finaliga parvozni kechiktirdi.

Jamoaning Dohaga reysi uch soatga ortga surildi, chunki havo kemasining yuk bo‘limida nosozlik aniqlangan. Parvozni qoldirish va boshqa samolyotga o‘tish haqida qaror qabul qilindi.

Madridliklar chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan kubok finalida Meksikaning «Pachuka» jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

Yangi rejaga ko‘ra, jamoa bugun kechqurun Qatarga yetib boradi. Madridliklar final o‘yini o‘tkaziladigan «Lusail» stadionidan 18 kilometr masofada joylashgan mehmonxonadan o‘rin olishadi.

2022 yilgi Jahon chempionati finali o‘tkazilgan ushbu stadionda har ikki jamoaning mashg‘ulotlari va Karlo Anchelotti hamda bir futbolchining matbuot anjumanlari bo‘lib o‘tadi.

Hozirgi rejaga ko‘ra, jamoa finaldan keyinoq Madridga qaytib, payshanba kuni ertalab yetib boradi. Yakshanba kuni esa «Real» o‘z uyida La Liga doirasida «Sevilya»ga qarshi o‘ynaydi. 

Manba: sports.ru
Kiritildi: 20:40, 16.12.2024.
O'qildi: 3534 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик