Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

WBA rahbari Inouega Gudmandan keyin Ahmadaliyev bilan jang qilishini buyurdi

WBA rahbari Inouega Gudmandan keyin Ahmadaliyev bilan jang qilishini buyurdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Birinchi yarimengil vazn toifasida vaqtinchalik WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan Murodjon Ahmadaliyev keyingi jangidayoq o‘z orzusini amalga oshirishi mumkin.

Charm qo‘lqop ustamiz va uning jamoasi WBA rahbariyatidan ushbu vaznda mutlaq jahon chempioni Naoya Inouega qarshi jang berishlarini talab qilmoqda.

"Biz barcha kamarlar uchun jang o‘tkazishni istaymiz. WBA buning uchun o‘z tomonidan barcha zaruriy choralarni qo‘llashini so‘raymiz. Tushunamiz, tashkilot Inouening mashhurligidan kelib chiqib, uning kamarlarini olib qo‘ygisi kelmayapti. Lekin istak sabab qoidalarga qarshi bormaslik kerak", — dedi Murodjonning menejeri Vadim Kornilov BoxingScene nashriga bergan intervyusida.

WBA tashkiloti prezidenti Xilberto Mendosaning xabar berishicha, WBA Inoue 24 yanvar kuni avstraliyalik Sem Gudmanga qarshi jangini o‘tkazib olganidan keyin majburiy ravishda Murodjon Ahmadaliyevdan chempionlik kamarlarini himoya qiladi.

"Inoue va uning jamoasida Gudmanga qarshi jangdan keyin yakuniy qaror qabul qilish uchun 10 kun muhlat bo‘ladi. Shu muddat ichida Naoyaning jamoasi Ahmadaliyevning jamoasi bilan o‘zaro jang bo‘yicha kelishib olishlari lozim", — dedi Mendosa.

Ahmadaliyevning yuristi, ya’ni huquqshunos-advokati Pet Inglish bokschimiz nomidan WBA tashklotiga maktub jo‘natdi.

"Bizga va’da berishgandi, lekin bu o‘z vaqtida bajarilmadi. Jang belgilash bo‘yicha rezolyasiya bor edi. Biz hurmat bilan, lekin qat’i ravishda WBA`dan imkon qadar tezroq Inouega qarshi jangni belgilashlarini talab qilamiz. Biz Naoyaning Gudmandan keyin yana bir ixtiyoriy himoya jangi o‘tkazishiga mutlaqo qarshimiz. Yaponiyalikning himoya jangi fursati allaqachon kelgan va u majburiyatlarni bajarishi shart", — deyiladi Inglish yozgan maktubda.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev 14 dekabr kuni tunda Monte-Karloda tashkil etilgan prof boks oqshomida meksikalik Rikardo Espinozani 3-raunddayoq nokautga uchratib, vaqtinchalik WBA chempioniga aylangan edi.

Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 11:18, 17.12.2024.
O'qildi: 1166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.