Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Asror Aliqulov «Mash’al»ni qanday qilib kuchlilar qatoriga qaytargani haqida

Asror Aliqulov «Mash’al»ni qanday qilib kuchlilar qatoriga qaytargani haqida

Baho:
+ | -

Mana, 2024 yilgi futbol mavsumi tarixga aylandi. Superliga-2025da ishtirok etadigan 16ta klub ham ma’lum.

Jumladan, Pro ligada g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan «Mash’al» (Muborak) Superliga yo‘llanmasi ortidan qutlovlar olishda davom etmoqda. Albatta, «gazchilar»ning kichik oltin medal sohibiga aylanishgani zamirida katta kuch bor - ahil jamoa, homiylar e’tibori, rahbariyat jonkuyarligi va fidokor muxlislar armiyasi. Maxsus muxbirimiz yaqinda «Mash’al»ni marra sari yetaklagan bosh murabbiy Asror Aliqulovga bir qator savollar bilan murojaat qildi.

- Asror Choriyevich, avvalo, Superliga yo‘llanmasi bilan tabriklaymiz.

- Katta rahmat, qutlovlar yoqimli, albatta. Shuning barobarida buning ortida mas’uliyat ham bor. 

- E’tiborli tomoni, «Mash’al» boshqaruvida ikkinchi marta shunday yutuqqa erishdingiz.

- Ha, 2018 yili ham jamoa bilan elita yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandik. Bu safargisi sal boshqacha. Chunki Pro ligada o‘ta kuchli raqobat yuzaga kelgan edi. 

- O‘zi mavsum boshida jamoaning Superligaga chiqish salohiyatiga ishonganmidingiz?

- Ochig‘i, bu haqda o‘ylab ko‘rmagandik. Binobarin, jamoani qayta shakllantirishga asosiy vazifa sifatida qaradik. Tarkibda yangi futbolchilar ko‘pligidan ularni ham nazariy, ham amaliy tomondan tayyorlash talab etilardi. Orada 2-3-o‘rinlarda yurdik, keyin 1-o‘ringa chiqib olganimiz yigitlarimizda ishonch hissini oshirdi. Shu asnoda g‘oliblik sari intildik.

- Humoyon Murtazoyevning jamoaga qaytishi ham katta yordam berdi...

- Humoyon aslida Superliga darajasidagi futbolchi. Biroq «Turon»da ma’lum vaqt amaliyotsiz qolgandi. Dastlab futbolchining tiklanish jarayoni biroz qiyin kechdi. Muhimi, u o‘z ustida tinimsiz ishladi va 16ta gol bilan ligada bosh to‘purar bo‘ldi. 

- Yana qaysi futbolchilarning tajribasi natijada muhim ahamiyat kasb etdi? 

- «Mash’al»ning muvaffaqiyati - jamoa ahilligida. Shunday ekan, hozir biror yigitni alohida ajratib ko‘rsatishim noo‘rin. Umuman, tarkibda katta tajriba to‘plagan futbolchining o‘zi yo‘q edi. Yetakchi masalasida muammoga duch kelganimiz ham rost. Asosiysi, yaxlit kuch bo‘lib oldinda intildik.

- Mavsum boshi va o‘rtasida ba’zi futbolchilardan ayrildingiz. Ularning o‘rnini to‘ldirishda qiynalmadingizmi?

- Ha, seleksiya ishlarida qiyinchilik tug‘ildi. Yangi futbolchilarda esa amaliyot yetarli emasdi. Yaxshiki, ular jamoaga qisqa futsatda moslashishdi. Ayniqsa, «Metallurg»dan taklif etilgan himoyachi Ismoil Ergashev o‘yinidan qoniqdik. 

- Pro liga va Superliga o‘rtasida farq katta, baribir. Buni «Qizilqum»dagi fao­liyatingizdan ham bilasiz. Xo‘sh, Muborak futboli kuchlilar qatorida barqaror joy olishiga ishonasizmi?

- Barchasi futbolchilar saviyasiga bog‘liq. Endi seleksiyaga e’tiborni oshiramiz, tarkib yanada kuchaytiriladi. Bosh homiy - Milliy bank rahbariyatidan mamnunmiz. Jamoani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash joyida. Yangi mavsumda ham bu yo‘lda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishiga shubham yo‘q.

- Yangi mavsumda tarkibga «Mash’al» akademiyasi tarbiyalanuvchilarini jalb etish rejasi ham bormi?

- Albatta. Axir klubimiz siyosati shunday. 2024 yili bunga qat’iy amal qildik. Yangi mavsumda ham iste’dodli yoshlarni tarkibga tortish yo‘lini mahkam ushlaymiz. Yagona maqsad - «Mash’al»ning barqarorligini ta’minlab, Superliga jamoalari safidan mustahkam o‘rin olishini ta’minlash. O‘z navbatida, barcha muxlislar, jumladan, «InterFutbol» o‘quvchilarini yaqinlashayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy qutlayman. Ilohim, yangi yil barchamizga baxt-iqbol keltirsin, o‘zbek futboli yutuqlaridan bahra olib yashashdan qalbimizni munavvar etsin...

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:02, 22.12.2024.
O'qildi: 1254 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.