Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

OKMKning xorij yig‘inidagi ikki raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

OKMK FK 2025 yilgi dastlabki qishki yig‘inini Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazadi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoamiz 17 yanvardan 1 fevralgacha davom etadigan ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida 4 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Hozircha olmaliqliklarning ikki raqibi nomi ma’lum bo‘lib, har ikkisi ham Rossiya vakillari hisoblanadi. OKMK FK mutasaddilarining muzokaralari natijasida, Abbosbek Fayzullayev to‘p tepayotgan va Rossiya Premyer-ligasining grand jamoalaridan biri bo‘lgan SSKA klubi bilan kelishuvga erishildi. Shuningdek, yuqori divizionga qaytish arafasida turgan «Ural» jamoasi bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvi borasida kelishuv imzolandi.

Yig‘in doirasida «konchilar» 19 yanvar kuni «SSKA» klubi bilan to‘qnash keladi, 22 yanvar kuni esa «Ural» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

P.S.: OKMK FKning xorijiy yig‘in doirasidagi keyingi raqiblari haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

Manba: @fcokmk
Kiritildi: 22:56, 23.12.2024.
O'qildi: 703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик