"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer bugun, 2 yanvar kuni jarohatidan so‘ng jamoa bilan ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi, deb xabar berdi myunxenliklar matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli darvozabonning 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Germaniya kubogi 1/8 finalida "Bayer"ga qarshi o‘yinda (0:1) qovurg‘asi singan edi.
Qayd etilishicha, jarohatlardan forig‘ bo‘lgan Kingsli Koman, Yosip Stanishich va Serj Gnabri ham jamoa bilan mashg‘ulotlarda qatnashgan.