Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Amorim: "Maguayr bilan shartnomani uzaytirdik"

Amorim: "Maguayr bilan shartnomani uzaytirdik"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoasi himoyachi Garri Maguayr bilan shartnomani uzaytirganini ma’lum qildi.

Maguayrning shartnomasi shu mavsum oxirida tugashi kerak edi, ammo "MYU"da 12 oyga uzaytirish imkoniyati bor edi, klub bundan foydalandi.

31 yoshli angliyalik futbolchi shu bois “Manchester Yunayted”da qolish muddatini 2026 yilning yoziga qadar uzaytirdi.

"Garri Maguayr bilan biz o‘z variantimizdan foydalanamiz. Bugun ertalab men u bilan gaplashdim va unga maydonda yaxshilanishi kerakligini aytdim. Bizga u juda kerak.

U yetakchi sifatida ham yaxshilanishi kerak. Biz hammamiz uning bu yerda qanday bo‘lganini bilamiz, ammo hozir u bizga kerak, shuning uchun biz o‘z variantimizdan foydalanamiz va buni xursandchilik bilan qilamiz", - dedi Amorim "Manchester Yunayted"ning rasmiy saytiga.

 

Kiritildi: 22:42, 03.01.2025.
O'qildi: 786 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик