"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong qishdayoq kataloniyaliklar safini tark etishi mumkin.
«Sport» xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati 27 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljish ko‘rmayapti.
Ular yaxshi taklif bo‘lsa, "hoziroq" de Yongni qo‘yib yuboradi.