"Bornmut"ning o‘ng qanot himoyachisi Maks Aarons faoliyatini "Valensiya"da davom ettiradi, deydi insayder Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, ispan klubi 25 yoshli angliyalikni 9 million yevro evaziga ixtiyoriy sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishga rozi bo‘lgan.
"Bornmut" Aaronsni 2023 yilning yozida "Norvich"dan 8 million yevro evaziga sotib olgandi.