"Liverpul"ning mashhur sobiq futbolchisi Robbi Fauler Darvin Nunyesning o‘yinlaridan norozi.
Urugvaylik forvard "qizillar" safida uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda, ammo hali ham umidlarni to‘liq oqlay olmadi.
"Biz hozir Nunyes haqida ikki-uch yil avval aytgan gaplarni aytyapmiz. Biz uni hali tayyor emas demoqdamiz.
Bu davom etishi mumkin emas. Uni qanchalik ko‘p ko‘rsam, "Liverpul" futbolchisi sifatida shunchalik tanimay bormoqdaman", - deya Faulerning so‘zlarini keltirmoqda ingliz OAV.













