"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
- Hozircha klub bilan gaplashganim yo‘q. Men formaga kirishni xohlardim. Men buni uddaladim, shuning uchun endi men baxtliman. Kelajakda nima bo‘lishini ko‘ramiz", - dedi belgiyalik yarim himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli De Bryuyne 2015 yildan buyon "Manchester Siti"da to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













