"Roma" darvozabon Perluiji Gollini bilan shartnoma imzoladi.
29 yoshli futbolchi "Atalanta"dan sotib olindi. Rim klubida u 95-raqamni oladi. Italiyalik futbolchi avvalroq “Verona”, “Fiorentina”, “Napoli” va “Jenoa” klublarida ham to‘p tepgan.
U A seriyada jami 139 ta o‘yin o‘tkazgan. Bundan tashqari, futbolchi "Aston Villa" va “Tottenxem” sharafini ham himoya qilgan.
Joriy mavsumda Gollini A Seriyada 7 ta o‘yin o‘tkazib, 1 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.













