«Aston Villa» «Milan» himoyachisi Fikayo Tomori borasida muzokara olib bordi.
Angliya Premyer-ligasi klubi futbolchining ijarasi uchun 3 million yevro taklif qildi, agar u Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa, 27 millionga sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
"Rossonerilar" bu taklifga rad javobini berishdi. Birmingemning 27 yoshli Tomori uchun yangi taklif bilan qaytishi yaqin soatlarda aniq bo‘ladi.
Bularning barchasi haqida La Gazette dello Sport o‘z sahifalarida xabar beradi.













