"Barselona" markaziy himoyachisi Inigo Martines jarohatidan so‘ng maydonga qaytishga yaqin turibdi.
33 yoshli futbolchi Ispaniya Superkubogi uchun "Real"ga qarshi o‘yinda (5:2) olgan jarohati tufayli "Barsa"ning so‘nggi beshta o‘yinini o‘tkazib yubordi.
Jurnalist Xavi Migelning xabar berishicha, tajribali markaziy himoyachi 6 fevral kuni Ispaniya kubogi chorak finali doirasida bo‘lib o‘tadigan "Valensiya"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishga tayyor bo‘ladi.
Undan oldin yakshanba kuni "Barselona" La Liga doirasida "Alaves" bilan o‘ynaydi.













