Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Pike Shahriyor Jabborovni Kings ligada saqlab qolmoqchi bo‘ldi, ammo...

Pike Shahriyor Jabborovni Kings ligada saqlab qolmoqchi bo‘ldi, ammo...

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Jerar Pike "Amkal"ning yangi a’zosi Shahriyor Jabborovni Kings ligasidagi jamoalardan birida olib qolmoqchi bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi bilan 1/4 finalgacha yetib borgan hujumchi Shahriyor Jabborov JCHda ko‘plab mutaxassislar e’tiboriga tushdi.

Yanvar oyi oxirida 22 yoshli forvard "Amkal" media klubi safiga kelib qo‘shilgandi.

German El Klasiko bu haqda o‘z fikrlarini bildirdi: "Qirollar ligasi juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Jerar Pike deyarli shaxsan agentlarga qo‘ng‘iroq qildi va Shahriyorni turnirda saqlab qolmoqchi bo‘ldi, tom ma’noda istalgan jamoaga joylashtirishni taklif qilishdi".

Shahriyor: "Menimcha, Kings ligasida yomon o‘ynamadim. U yerda boshqa darajadagi jamoalar Braziliya, Kolumbiya o‘ynadi... Oson o‘yinlar bo‘lmadi. O‘zbekiston uchun bu darajadagi turnirda birinchi marta qatnashdi.

Keyin Kings ligasida qolish varianti paydo bo‘ldi. Pikening o‘zi "Unwanted Boys" prezidenti Islomga shunday deb yozgan: "Men bu o‘yinchini Kings ligasida ko‘rishni xohlayman." Ammo bu mening formati emas, u yerda o‘ynashni xohlamadim. Men katta futbolda o‘ynashni istayman".

Eslatib o‘tamiz, Shahriyor Jabborov doping bilan bog‘liq muammolar sabab 2023 yilda katta futboldan 4 yilga diskvalifikasiya qilingan.

Kiritildi: 18:17, 05.02.2025.
O'qildi: 4771 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик