"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa hujumchisi Ansu Fatining holatiga to‘xtaldi.
"O‘yinchilar bilan samimiy bo‘lish juda muhim, men u bilan ham barcha bilan bo‘lganidek samimiy bo‘lganman. Biz ko‘p marta suhbatlashdik, turli imkoniyatlarni muhokama qildik. U mendan ketishga ruxsat so‘ramadi, ammo hozir bu uning qarori. Agar qolishni xohlasa, qolaversin, u akademiyamiz o‘yinchisi-ku. Biroq professional futbol shunday - maydondagi natijalar hal qiluvchi ahamiyatga ega," - deb Flikning so‘zlarini keltiradi «Marca».













