Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Farrux Zokirov: «Raqiblarni hurmat qilamiz, lekin hech kimdan qo‘rqmaymiz»

Farrux Zokirov: «Raqiblarni hurmat qilamiz, lekin hech kimdan qo‘rqmaymiz»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasida CAFA musobaqasining dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Bugun Tojikiston poytaxtidagi "The Rumi Hotel" mehmonxonasida terma jamoa rasmiylari ishtirokida o‘yindan avvalgi tadbirlar hamda bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“Bu yerda tanish insonlarni, murabbiylar, do‘stlarimizni ko‘rish yoqimli. Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi saralashi bilan solishtirganda tarkibimizda yangi futbolchilar bor va ular ham o‘zlarini maksimal ravishda ijobiy tomondan ko‘rsatishadi, degan umiddaman. Biz raqiblarni hurmat qilamiz, lekin hech kimdan qo‘rqmaymiz. Barchaga omad tilab qolaman”, - deb boshladi Farrux Zokirov.

"Shubhasiz, Eronga qarshi o‘yinlar biz uchun doimo foydali bo‘ladi. Ushbu jamoa nafaqat Markaziy Osiyoda balki butun qit’ada yetakchilardan hisoblanadi.

O‘zbekistonda yaqinda futzal federasiyasi tashkil etildi. Federasiya tomonidan futzal bo‘yicha turli turnirlarni o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Albatta, terma jamoaga qizlarni chempionat orqali saralab olishmaqsadga muvofiq bo‘ladi".

Eron terma jamoasi ustozi: Mazkur musobaqada uch marotaba g‘alaba qozonganmiz va bu safar ham Dushanbe shahriga chempionlikni ko‘zlab keldik. Yana bir bor CAFA musobaqasi bosh sovrinini qo‘lga kiritmoqchimiz.

Shuningdek, Furuzan Sulaymoniy Osiyo Kubogi va shu kabi turnirlarda nafaqat Eron va O‘zbekiston balki boshqa jamoalar ham ishtirok etishini istashini aytib o‘tdi. Bundan tashqari Sulaymoni CAFA tashkilotchilari keyingi musobaqalarda qit’aning boshqa qismidan ham jamoalarni taklif qilishsa, yaxshi bo‘lishini aytib o‘tdi.

Ta’kidlash lozim, Turkmaniston terma jamoa bosh murabbiyi Kamil Mingazov va Qirg‘iz Respublikasi termasi bosh murabbiyi Erkin Junushaliyev O‘zbekiston va Eron terma jamoalarini Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqqani bilan tabriklashdi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 15:25, 08.02.2025.
O'qildi: 3886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.