Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Xitoylik futbolchi o‘yinda olgan jarohati sabab komada qolmoqda

Xitoylik futbolchi o‘yinda olgan jarohati sabab komada qolmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

18 yoshli Xitoyning “Beyjin Goan” klubi himoyachisi Go Syasyuan Madridda “Alkobendas”ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida olgan jarohatidan so‘ng bir haftadan beri sun’iy nafas olish apparatida qolmoqda. Futbolchining miyasiga qon quyilgan. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, tez yordam avtomobili ko‘magida shifoxonaga yotqizilgan futbolchiga bosh miyada qon ketishi kuzatilgan. Bunday jarohatdan so‘ng tiklanish imkoniyatlari deyarli yo‘qligi aniqlangan. Uchrashuvda raqib futbolchisi uning boshiga tizzasi bilan zarba bergan.

Ispaniyada futbolchini sun’iy nafas olish apparatidan uzish rejalashtirilgan edi. Ma’lum qilinishicha, unda klinik o‘lim qayd etilgan. Ammo sportchining oilasi klub rahbariyati va Xitoy futbol assosiasiyasini holatga jalb qilib, uning davolanishi va Xitoyga qaytarilishi uchun barcha xarajatlarni qoplashga ko‘ndira oldi.

Go Syasyuan 2023 yildan buyon “Beyjin Goan” safida o‘ynaydi. U, shuningdek, Xitoyning U-17 jamoasiga chaqirilgan. 2023 yilda Go “Bavariya” klubida eng istedodli yosh xitoylik futbolchi sifatida amaliyot o‘tagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:04, 14.02.2025.
O'qildi: 2601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик