Londonning "Arsenal" klubi sobiq ustozi Arsen Venger Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida Londonning "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" klublari muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida fikr bildirdi.
"Ikkala jamoada ham milliard funtdan ortiq tarkib bor. Ularning umumiy muammosi bor - qayta qurish uchun yaxshi futbolchilarni topish. Bu ikkala klub uchun ham oson jarayon bo‘lmaydi," - deya fransiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Daily Mail tabloidi.













