Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Valverde qachongacha himoyada o‘ynaydi?

Valverde qachongacha himoyada o‘ynaydi?

Baho:
+1 | -

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti himoya qanotida yarim himoyachi Federiko Valverdeni maydonga tushirishda davom etadimi yoki yo‘qligini aytdi.

Chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining  javob uchrashuvida urugvaylik futbolchi yana o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasini egalladi.

Uchrashuv “qaymoqranglilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi (3:1, 6:3).

Nominal yarim himoyachi 90-daqiqagacha o‘ynadi, shundan so‘ng uning o‘rnini David Alaba egalladi. "Feder o‘ng qanotda o‘ynashni yaxshi ko‘radi, ammo bu favqulodda holat edi.

Lukas Vaskes qaytadi, ammo Valverde variant bo‘lishi mumkin. Lukas ajoyib o‘yinlar o‘tkazganini unutmang", - deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Kiritildi: 10:32, 20.02.2025.
O'qildi: 1478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.