"Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkins APL doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o‘yin natijasi (2:2) haqida fikr bildirdi.
"Ha, bu oson bo‘lmagan, juda qattiq o‘yin edi. "Liverpul" chempionatning yetakchisi, va men buni munosib deb hisoblayman. Ortda qolayotgan bo‘lsak-da, biz ajoyib munosabat bildirdik va ikkita gol urdik. Unai Emeri juda talabchan odam, va o‘ylaymanki, u bizning harakatlarimizdan mamnun bo‘ldi," - dedi Uotkins.













