"Milan"ning sobiq futbolchisi Demetrio Albertini klubning YECHLdagi ishtiroki haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Yanvar oyida muhim xaridlar amalga oshirildi va men jamoa Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo‘l olishiga ishongandim.
Hozir ko‘p umidsizlik bor. Chempionat bor, biz to‘rtinchi o‘ringa chiqishimiz kerak va bu oson bo‘lmaydi", - deya Albertinining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.













