Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Nunyesning "Liverpul"dagi kelajagi ma’lum

Nunyesning "Liverpul"dagi kelajagi ma’lum

Baho:
+ | -

"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunyes yozgi transferlar davrida sotib yuboriladi.

Bir necha bor xabar qilinganidek, yanvar oyida urugvaylik futbolchiga Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirgandi. "Qizillar" foydali taklif olishdi, ammo mavsumning eng qizg‘in pallasida Arne Slot uni sotib yuborishni istamadi. Shunga qaramay, AnfieldIndex xabariga ko‘ra, Nunyesning "Liverpul"dagi keyingi taqdiri deyarli hal bo‘lgan - u baribir kelasi yozda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tadi. Mersisaydliklar mavsumlar oralig‘ida forvardni ushlab turmaydi.

Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Darvin Nunyesning narxi 65 mln yevroga teng. Futbolchi joriy mavsumda 35 ta o‘yinda 6 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:38, 21.02.2025.
O'qildi: 1472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик