"Barselona" klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Dani Olmoning tez-tez jarohat olishi haqida fikr bildirdi.
Ispaniyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safiga qaytishidan oldin jarohatlarga moyilligi bilan tanilgan va joriy mavsumda xavotirlar o‘z tasdig‘ini topmoqda. Biroq, Flikning so‘zlariga ko‘ra, klubdagilar muammoni qanday hal qilishni bilishadi.
"Olmoni jarohatlardan himoya qilish bo‘yicha rejamiz bor. Dani o‘tgan mavsumda ham bir necha bor jarohat olgandi, shuning uchun ehtiyot choralarini ko‘rish kerak. Bizning Olmo bo‘yicha rejamiz Pedriga nisbatan qo‘llanilgan rejaga o‘xshaydi," - deya Flikning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.













