Serxio Ramos "Monterrey"dagi ilk o‘yinini o‘tkazdi.
38 yoshli himoyachi Meksika chempionatining 8-turida “Atletiko San-Luis”ga (3:1) qarshi o‘yinda ishtirok etdi va 80-daqiqada almashtirildi.
Ramos fevral oyi boshida erkin agent sifatida "Monterrey"ga o‘tgandi. Ispaniyalik futbolchi avvalroq “Sevilya”, “PSJ” va “Real” klublarida to‘p tepgan.













