Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi - Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Bektemir Abdumannonov: «Kubok Andijonga keladi va buni o‘zimizda saqlab qolishimiz kerak»

Bektemir Abdumannonov: «Kubok Andijonga keladi va buni o‘zimizda saqlab qolishimiz kerak»

Baho:
+ | -

2025 yilgi O‘zbekiston Kubogiga qur’a tashlandi. “Bobur arena” tarixda ilk bor mamlakat Kubogi finaliga mezbonlik qiladi. «Andijon» esa «B» guruhidan joy oldi.

Qolaversa, «Burgutlar» o‘tgan yili O‘zbekiston Kubogini yutgan va amaldagi g‘olibi sifatida musobaqada ishtirok etadi.

"Andijon"ning yetakchi futbolchilaridan biri Bektemir Abdumannonov klub matbuot xizmati uchun Kubok qur’asi haqida intervyu berdi.

— Yangi mavsumdagi O‘zbekiston Kubogiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, «Andijon» «B» guruhida «Surxon» va «Dinamo»ga qarshi o‘ynaydi va yana bir raqib saralashdan keyin ma’lum bo‘ladi. Fikringiz qanday?
— Yaxshi raqiblar. Xudo xohlasa, guruhdan chiqib, chempion bo‘lishga harakat qilamiz. Qolgan guruhlarga qaraganda ham bizniki chakki emas. O‘tgan yilgiga qaraganda, biroz yengilroq desak bo‘ladi.

— Qur’adan oldin qanday guruhni kutgandingiz?
— Albatta, yaxshi, mana shunday guruhni kutgandim. To‘g‘ri, oson bo‘lmaydi. Lekin biz oxirigacha kurashamiz.

— Ilk bor Kubok finali “Bobur arena”da o‘tkaziladi. Buni kutganmidingiz?
— Kutgandim. Kubok finalini qabul qilish uchun uchta stadion nomi e’lon qilinganida Andijonda bo‘lishini kutgandim. Xudo xohlasa, o‘zimiz Kubok finalida o‘z uyimizda o‘ynashni va muxlislarimiz qarshisida muvaffaqiyat qozonishni niyat qilganmiz.

— Umuman olganda, Kubok finalini Andijonda o‘tishi haqidagi xabarni qanday qarshi oldingiz?
— Juda ijobiy. Stadionimiz ham yangi mavsum uchun ajoyib tarzda rekonstruksiya qilinyapti. Shunga yarasha Kubok finali “Bobur arena”da o‘tishi nihoyatda yaxshi bo‘ladi.

— «Andijon» amaldagi Kubok sohibi sifatida ishtirok etadi va final mezbonimiz. Bu omillar albatta qo‘shimcha motivasiya bersa kerak-a?
— Finalgacha borishga va O‘zbekiston Kubogini yutishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. O‘tgan yilgidek muvaffaqiyatli qatnashish uchun hamma imkoniyatni ishga solamiz. Barcha o‘yinlarni yutish uchun chiqamiz.

— Tabiiyki, «Andijon» Kubok sohibi sifatida musobaqada qatnashishi bois boshqa raqiblar yanada jiddiy munosabatda bo‘ladilar. Bu qo‘shimcha qiyinchilik tug‘dirmaydimi?
— Jamoalar har xil bo‘lishi mumkin. Biroq biz o‘z maqsadimiz sari har bir o‘yinga jiddiy tayyorlanib, jiddiy munosabatda bo‘lamiz. O‘zimizga ham bog‘liq. Uchrashuvlarni yutib, finalgacha borish va g‘olib chiqish – bizning maqsadimiz. O‘z uyimizda muxlislarimiz oldida Kubokni qo‘lga kiritishimiz lozim. Kubok Andijonga keladi va buni o‘zimizda saqlab qolishimiz kerak.

— Yangi mavsum boshlanyapti. Ilk tur oldidan nima degan bo‘lardingiz?
— Xudo xohlasa, chempionatni g‘alaba bilan boshlab, ikkinchi turda uyimizda «Nasaf»ga qarshi o‘yinda muxlislarimiz stadionni to‘ldirishlarini xohlaymiz. Chempionatda o‘yinlar ko‘p. Ishqibozlarimizni xursand qilib, sovrindorlar qatoridan joy olishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 21:55, 26.02.2025.
O'qildi: 1214 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик