"Milan" ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Serjiu Konseysau shogirdlari A Seriyaning 27-turida "Lasio"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bungacha ular "Bolonya" (1:2) va "Torino" (1:2)ga mag‘lub bo‘lishgandi.
Keyingi raqib "Lechche" bo‘ladi. O‘yin 8 mart kuni bo‘lib o‘tadi.













