"Arsenal" markaziy himoyachisi Vilyam Saliba klub bilan yangi shartnoma borasidagi xabarlarga javob berdi.
"Men bu yerda judayam baxtliman. Kelajakdagi faoliyatimni ham "Arsenal"da davom ettirishni istayman", - dedi 23 yoshli futbolchi.
Salibaga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda. Uning shartnomasi 2027 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.