"Barcelona" tarkibidagi barcha futbolchilarning shartnomalari rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi – bu so‘nggi to‘rt yilda birinchi marta sodir bo‘ldi. Bu haqda «Mundo Deportivo» xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, endilikda hech bir futbolchi 1 iyulga qadar ro‘yxatdan o‘tmaslik xavfi ostida emas. Avvalgi mavsumlarda bu klub uchun katta muammo bo‘lgan.
Shu tariqa, "ko‘k-anorranglilar" keyingi mavsumni qo‘shimcha ma’muriy va moliyaviy bosimlarsiz rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.













