Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Vadim Abramov «Mash’al» ustidan g‘alaba, Fraydeyning o‘yini, Abdurahmonovning iqtidori va Samarqanddagi maydon muammosi haqida

Vadim Abramov «Mash’al» ustidan g‘alaba, Fraydeyning o‘yini, Abdurahmonovning iqtidori va Samarqanddagi maydon muammosi haqida

Baho:
+ | -

«Dinamo» — «Mash’al» (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

— Avvalambor, ochilish o‘yinidagi muhim g‘alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuv haqida fikrlaringiz?
— Mavsumning ochilish o‘yinida har doim qandaydir asabiylashish bo‘ladi, ayniqsa uyda muxlislar qarshisida o‘ynaganingda. O‘yinni yomon boshlamadik, ammo keyin qandaydir pasayish kuzatildi. Nihoyat bo‘lim yakunida gol urdik. Ikkinchi bo‘lim boshida yaratilgan golli imkoniyatlardan foydalanganimizda bunday "validolli" o‘yin bo‘lmasdi. Ha, ularga aytarli vaziyat yaratishga bermadik, ammo 1:0 – doim asabiy natija. O‘yin yakunida yigitlar to‘pni nazorat qilib, natijani qo‘ldan chiqarmaslikka intilishdi.

— Vadim Karlenovich, tanishtiruv marosimida siz “5 turdan keyin Kojoni unutasizlar” degan edingiz, ammo bugungi o‘yindan keyin savol yana ko‘paydi – yangi hujumchi Fraydey mana ikkinchi o‘yindirki o‘zini yaxshi his qilmayapti, u bilan nima bo‘lmoqda?
— Shunchaki, u hali tayyor emasligi ko‘rinib qolmoqda. Uni tartibga keltirishimiz kerak, ishonamanki u hali qo‘shadi. Hozir tayyor bo‘lmagan holatida ham 2-3ta golli vaziyatga ega bo‘ldi. U saviyali o‘yinchi, ammo katta ehtimol bilan u hali jismonan tayyor emasdek. Fraydey mavsum boshlanishiga bir hafta qolganida safimizga qo‘shildi, endi FIFA kunlari paytida bizda vaqt bo‘ladi, tanaffusda uni yaxshiroq holatga keltira olamiz.

— Bugun golga sabab bo‘lgan Anvarjon Hojimirzayev – Mirjahon Mirahmadov juftligi haqida fikringiz qanday?
—  Hujumchilarimiz bir-birini yaxshi to‘ldirishdi, bu tandem hali yana gollar urishiga ishonaman.

— Zaxiradan maydonga tushgan Firdavs Abdurahmonov yosh bo‘lsa-da, tayyor emasdek, o‘yinga yaxshi qo‘shila olmadi, shunday emasmi?
— U katta umid berayotgan futbolchi. Yosh o‘yinchi, tabiiyki bunday paytda biroz bosimda bo‘ladi, gol urishi ham mumkin edi. Ishoning, Firdavs – Samarqand futbolining kelajagi. U hali o‘sadi.

— «Dinamo» jamoasi o‘z stadionida har safar ham bemalol mashg‘ulot qila olmasligini bilamiz, o‘rinbosarlar uchun ham maydon yo‘q. Nega ushbu masalaga hamon uzil-kesil nuqta qo‘yilmayapti?
— Afsuski, biz hozir o‘ynayotgan maydonimizda har kuni mashg‘ulot ham o‘tkazsak, bu maydon shunchaki ko‘tara olmaydi. Qolaversa, bu maydonda «Qizilqum» jamoasi ham o‘ynayapti. Bu ahvolda birinchi davradan keyin bu maydon juda og‘ir ahvolga tushadi. Shu bois biz imkonqadar maydonimizni ehtiyot qilayapmiz va bu yerda doim ham mashg‘ulot o‘tkazmaymiz. Samarqandda esa boshqa talabga javob beradigan maydon hali yo‘q. Shu bois 3-tur oldidan Toshkentga borib mashg‘ulotlarni o‘sha yerda o‘tkazishga to‘g‘ri keladi, — dedi Vadim Karlenovich matbuot anjumanida.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 06:41, 16.03.2025.
O'qildi: 839 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.