Jeydon Sancho yana "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin.
The I Paper xabariga ko‘ra, "Chelsi" 24 yoshli futbolchini to‘liq sotib olmaslik maqsadida "Manchester Yunayted"ga pul to‘lashga tayyor.
Sancho "aristokratlar" safida joriy mavsumda 29 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 6 ta golli uzatma berdi.