Franchesko Totti o‘zini Diyego Maradona bilan taqqoslashlarini istamaydi.
"Bir vaqtlar sen Maradonaning nomini tilga olgan eding, hozir esa ko‘pchilik sening nomingni tilga olyapti. Bu qanday hissiyotlar bermoqda?
- Meni Maradona bilan taqqoslashlarini istamayman. Hech kimni unga tenglashtirib bo‘lmaydi. Dumaloq to‘p - bu Maradona, qolgan barchasi ikkilamchi, - dedi "Roma"ning sobiq sardori.