Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe Xorvatiya ustidan penaltilar seriyasida qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Uch ranglilar" birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi (0:2), ammo o‘z uylarida xuddi shu hisobda g‘alaba qozonishdi. Penaltilar seriyasida Didye Desham jamoasi aniqroq bo‘ldi - 5:4.
"Biz bu oqshom ajoyib bo‘lishi mumkinligini bilardik. Bizda Mayk Menyan bor - u penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishga qodir bo‘lgan darvozabon," - dedi o‘z urinishini golga aylantirgan Mbappe o‘yindan keyingi intervyuda.