Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

"Manchester Siti" va "Tottenxem" istiqbolli vinger uchun raqobatlashadi

"Manchester Siti" va "Tottenxem" istiqbolli vinger uchun raqobatlashadi

Baho:
+1 | -

"Sautgempton" futbolchisi Tayler Diblingga Angliya Premyer-ligasining ikki grandi qiziqish bildirmoqda.

19 yoshli futbolchi "avliyolar"ning chempionatdagi o‘ta muvaffaqiyatsiz natijalariga qaramay, joriy mavsumda o‘zini ko‘rsatdi. Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, "Manchester Siti" va "Tottenxem" mahalliy klublar orasida istiqbolli angliyalik futbolchi uchun asosiy da’vogarlar hisoblanadi. Futbolchini Germaniyaning "RB Leypsig" klubi ham sotib olmoqchi. "Bavariya" ham yangi yulduzning muvaffaqiyatlarini kuzatib bormoqda, ammo hozircha aniq qadam tashlamayapti.

Tayler Dibling joriy mavsumda 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali "Sautgempton" tarbiyalanuvchisining narxini 25 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:48, 25.03.2025.
O'qildi: 807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик