Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Yosh dzyudochilar Bobonovga «chaqiruv» tashlashdi

Yosh dzyudochilar Bobonovga «chaqiruv» tashlashdi

Baho:
+ | -

Dzyudo bo‘yicha so‘nggi ikki “Katta dubulg‘a” turnirlarining yakuniga ko‘ra o‘zbek sporti uchun muhim bir faktga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Toshkent va Tbilisi shaharlarida o‘tgan musobaqalarning -90 kg vazn toifasida kechgan bahslarida o‘zbekistonlik sportchilar Shahzodxo‘ja Sharipov va Umar Bozorov oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Bu natija -90 kg toifasida yurtimizda yangi nomlar yetishib chiqayotganini ko‘rsatmoqda.

Buni tasodif yoki omadga buradiganlar ular qur’ada bosib o‘tgan yo‘lga nazar tashlashsa, bir qator kuchli nomlarni uchratishlari mumkin. Sharipov musobaqani 2017 yilgi jahon chempioni, uch karra karra Olimpiada ishtirokchisiga qarshi boshlab, yoshlar o‘rtasidagi ikki karra jahon chempioni bilan tugatdi.

Bozorov esa erkaklar dzyudosida dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri deb e’tirof etiladigan, -90 kg vaznda so‘nggi ikki Olimpiadada chempionlikni hech kimga bermagan Lasha Bekaurining yurti – Gruziyada kurashdi. To‘g‘ri, Lasha bu gal kurashmadi, lekin og‘ir vazn toifasida Gruziyada doim kuchli dzyudochilar yetishib chiqqan. Toshkentdagi turnirda qatnasha olmagan Umar Tbilisida o‘ziga berilgan imkoniyatdan ajoyib foydalandi va birinchi raqam bo‘lishga da’vogarlardan ekanini ko‘rsatdi.

7-8 yil avval terma jamoamizdagi muammoli vazn bo‘lib kelgan mazkur toifa bugungi kunda eng raqobatbardosh, iqtidorli yigitlar jam bo‘lgan «liga»ga aylanmoqda. Albatta, bu barchamizni xursand qiladi. Yangi murabbiylar shtabining ishi qisqa vaqt ichida ko‘rinmoqda.

Bu ikki yigit orasiga jarohatidan qutilib, mashg‘ulotlarga kirishayotgan Davlat Bobonov ham yaqin orada qo‘shiladi. Ana undan keyin bu vaznda ichki raqobat shunchaki «yonadi». Bobonov kamida avvalgidek formada qaytmasa, bu raqobatda unga ancha qiyin bo‘lishi tayin.

Shubhasiz, bunda terma jamoadagi boshqa yigitlarni ham esdan chiqarmasligimiz kerak. Nima bo‘lganda ham, ichki raqobat qanchalik yuqori bo‘lsa, xalqaro maydonda natijaga erishish ehtimoli ortadi.

Yangi Olimpiya siklida terma jamoamizdagi har bir vazn toifasida ichki raqobat mana shunday ortib, murabbiylar shtabiga yaxshi ma’nodagi “bosh og‘rig‘i” ko‘payishini tilab qolamiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:38, 26.03.2025.
O'qildi: 1364 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.