Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

"MYU"ning sobiq himoyachisi Fernandeshni himoya qildi

"MYU"ning sobiq himoyachisi Fernandeshni himoya qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Fil Bardslining fikricha, "qizil iblislar" sardori Brunu Fernandesh xafa bo‘lishga haqli.

Mavsum boshida "Manchester Yunayted" afsonasi Roy Kin Fernandeshni yetakchilik fazilatlari yo‘qligi uchun qattiq tanqid qilgan edi.

Biroq, Bardsli portugaliyalik yarim himoyachi "Manchester Yunayted"ning avvalgi cho‘qqilariga qaytishiga yordam berish uchun o‘z faoliyatini qurbon qilgani uchun hurmatga loyiq deb hisoblaydi.

"Roy Kin bu borada haqli, Brunu Fernandesh ko‘proq ish qila oladi, ammo boshqa jamoada u sovrinlarni yutardi. U "Manchester Yunayted"ga o‘zlari xohlagan joyiga qaytishga yordam berish uchun o‘z karyerasini qurbon qilmoqda.

U ko‘rsatayotgan o‘yinlari bo‘yicha har haftada ajralib turadi, faqat uning gollari va uzatmalariga qarang. Usiz "Manchester Yunayted" qayerda bo‘lardi, deb o‘ylashdan qo‘rqaman.

U qiyinchiliklardan qochmaydi va uning ish yuki hech kimdan kam emas, lekin Roy kapitan sifatida shunday standartlarni o‘rnatganki, ba’zida Brununing hafsalasi pir bo‘lib, qo‘llarini havoga ko‘targani unga yoqmaydi.

Ammo bu uning "MYU" bilan sovrinlarni yutish istagidan kelib chiqadi, bu uning xarakteri va u "MYU"ning turnir jadvaliga ko‘tarilishga urinishida muhim rol o‘ynaydi", - dedi Bardsli Daily Mirror bilan suhbatda.

Kiritildi: 22:18, 27.03.2025.
O'qildi: 1156 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.