Londonning "Arsenal" klubi ustozi Mikel Arteta klub himoyachisi Maylz Lyuis-Skellining Angliya terma jamoasi safida kiritgan ilk golini yuqori baholadi.
Futbolchi Albaniyaga qarshi o‘yinda (2:0) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
"Bu ajoyib lahza bo‘ldi, biz hammamiz bundan juda xursandmiz. Debyutda bunday holatni ko‘rish kutilmagan holat, ayniqsa, himoyachi shu tarzda gol urishi kutilmagan holat," - deya Artetaning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.