Bukayo Saka jarohatidan keyingi birinchi o‘yinda gol urdi.
"Arsenal" vingeri APL 30-turi doirasidagi o‘yinning 73-daqiqasida "Fulxem" darvozasini ishg‘ol qildi (2:1). U bundan 7 daqiqa oldin Itan Nvaneri o‘rniga maydonga tushgandi.
Bu 23 yoshli ingliz uchun sonining orqa qismidan olgan jarohatidan keyingi ilk o‘yin bo‘ldi. U dekabr oxiridan beri o‘ynamagandi.