Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Argentinaning JCH-2026 uchun yakuniy tarkibi ma’lum

Argentinaning JCH-2026 uchun yakuniy tarkibi ma’lum

Baho:
+2 | -

Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi 2026 yilgi Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi. Ro‘yxatni topshirishning oxirgi muddati 30 may etib belgilangan edi, kengaytirilgan tarkib esa 11 may kuni ma’lum qilingandi. Eslatib o‘tamiz, argentinaliklar so‘nggi mundial g‘oliblari hisoblanadi.

«Inter Mayami»ning 38 yoshli hujumchisi Lionel Messi MLS doirasidagi «Filadelfiya»ga qarshi o‘yinda jarohat olganiga qaramay, 26 kishilik tarkibga kiritildi. Bu uning faoliyatidagi ketma-ket oltinchi Jahon chempionati bo‘ladi. Messi shu vaqtgacha mundiallarda 26 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Terma jamoaning to‘liq tarkibi:

  • Darvozabonlar: Emiliano Martines («Aston Villa», Angliya), Xeronimo Rulli («Marsel», Fransiya), Xuan Musso («Atletiko», Ispaniya).

  • Himoyachilar: Nauel Molina («Atletiko», Ispaniya), Nikolas Otamendi («Benfika», Portugaliya), Kristian Romero («Tottenxem», Angliya), Nikolas Talyafiko («Lion», Fransiya), Lisandro Martines («Manchester Yunayted», Angliya), Gonsalo Montiel («River Pleyt»), Fakundo Medina, Leonardo Balerdi (ikkisi ham — «Marsel», Fransiya).

  • Yarim himoyachilar: Valentin Barko («Strasbur», Fransiya), Djovani Lo Chelso («Betis», Ispaniya), Leandro Paredes («Boka Xuniors»), Rodrigo De Paul («Inter Mayami», AQSH), Enso Fernandes («Chelsi», Angliya), Aleksis Mak Allister («Liverpul», Angliya), Eksekiel Palasios («Bayer», Germaniya).

  • Hujumchilar: Niko Pas («Komo», Italiya), Xose Manuel Lopes («Palmeyras», Braziliya), Lionel Messi («Inter Mayami», AQSH), Lautaro Martines («Inter», Italiya), Djuliano Simeone, Nikolas Gonsales, Tyago Almada, Xulian Alvares (barchasi — «Atletiko», Ispaniya).

2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Argentina terma jamoasi «J» guruhida Avstriya, Jazoir va Iordaniya bilan kuch sinashadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:28, 29.05.2026.
O'qildi: 2437 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик